Ar-Rohiyq ul-Maxtum 1-jild Makka davri

Book cover
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning pokiza hayotlaridan qissa qiluchi lavhalar. Ayting (ey Muhammad): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi... (OliـImron:31) 21. (Ey mo‘minlar), sizlar uchun – Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambari (iymon-e’tiqodi va xulqi atvori)da go‘zal namuna bordir, – deydi. (Ahzob: 21) Bizlarning najotimiz, g‘alabamiz, baxtu saodatimiz va kelajagimizning barchasi butun bashariyatning afzali bo‘lmish Muhammad alayhissalomning sunnati saniyyalariga ergashishimizga bog‘liqligida hech bir shak shubha yo‘q. Agar siz biror kishidan ibrat olib, uning manhajiga, yo‘liga ergashmoqni istasangiz, u inson kim bo‘lmasin, xossatan sizning unga ergashishingiz ixlosu muhabbatdan va qadrlashdan bo‘lgudek bo‘lsa, uning xulqـatvorini, tutayotgan yo‘li, qilayotgan amallarini va urfـodatlarini o‘rganib, ergashmog‘iniz uchun u bilan birga yashab ko‘rmog‘ingiz zarur bo‘ladi. Shunda siz uning buyurgan narsalariga amal qilmog‘ingiz, qaytarayotgan narsalaridan qaytib, ularni o‘zingizga lozim tutmog‘ingiz, uni quvontiradigan narsadan quvonmog‘ingiz, g‘azablantiradigan narsalaridan achchiqlanmog‘ingiz, unga hamroh bo‘lib, ishlarida yordam berib turmog‘ingiz mumkin bo‘ladi. Bu qaysidir bir odam haqidagi sizga lozim bo‘lgan narsadir. Endi bu siz suyub ergashmoqchi bo‘lgan odamingiz Allohning payg‘ambari, xalqlar orasidan tanlab olingan muxtor elchisi, xalili va odamlarning eng afzali, butun bashariyat sayyidi Muhammad ibn Abdulloh bo‘lsaـchi?! Unga Robbimning salavotu salomlari bo‘lsin. 1-jild: Makka davri
add to favoritesadd

Users who have this book

Users who want this book

What readers are saying

What do you think? Write your own comment on this book!

write a comment

What do you think? Write your own comment on this book

Info about the book

Series:

Unknown

Rating:

5/5 (3)

Your rating:

0/5

Languge:

English

Do you want to read a book that interests you? It’s EASY!

Create an account and send a request for reading to other users on the Webpage of the book!